Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 5807
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida» (yangi tahriri) Toshkent sh., 2019 yil 5 noyabr, O‘RQ-580-son https://lex.uz/docs/4581969

9-bob. Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

65-modda. Bank xizmatlarini ko‘rsatish

Bank xizmatlarining iste’molchilari bankni va bank xizmatlarini tanlashda erkindir. Banklar iste’molchining talabiga binoan unga bank xizmatlarini ko‘rsatish shartlari bilan tanishish imkoniyatini taqdim etishi shart.

Bank shaxsni bankning xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanish sharti sifatida bankning yoki o‘zga uchinchi shaxsning boshqa bank xizmatidan yoki mahsulotidan foydalanishga majbur qilmasligi kerak.

66-modda. Bank xizmatlari to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilish

Bank xizmatlari ko‘rsatishning umumiy shartlari, vositachilik haqi, tariflar va bank xizmatlari ko‘rsatganlik uchun foiz stavkalari to‘g‘risidagi axborot ochiq axborot bo‘lib, ular bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Mazkur axborot tijorat yoki bank sirining predmeti bo‘lishi mumkin emas.

Bank xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi tuzilguniga qadar iste’molchiga ular to‘g‘risidagi axborotning to‘liq oshkor qilinishi ta’minlanishi kerak. Ko‘rsatiladigan bank xizmatlarining shartlari va qiymati haqidagi axborotni mijozga taqdim etishni rad qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Banklar kredit berish qanday shartlar asosida amalga oshirilayotganligi haqida, shu jumladan kreditning (qarzning) to‘liq qiymati to‘g‘risida mijozga axborot berishi kerak.

Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati deganda hisob-kitob qilish chog‘ida qarz oluvchining kredit (qarz) olish bilan bog‘liq to‘lovlari hisobga olinadigan ishonchli, yillik va samarali tarzda hisoblab chiqarilgan foiz stavkasi tushuniladi. Kreditning (qarzning) to‘liq qiymati hisob-kitobiga qarz oluvchining to‘lovlari, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga to‘lovlari, agar qarz oluvchining bunday to‘lovlar bo‘yicha majburiyati shartnoma shartlaridan kelib chiqsa va (yoki), agar kredit (qarz) berish bunday to‘lovlarni amalga oshirishga bog‘liq qilib qo‘yilgan bo‘lsa, kiritiladi.

Bank xizmatlari ko‘rsatishning umumiy shartlaridagi o‘zgarishlar ular kuchga kirishidan kamida o‘n kun oldin bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi kerak, shuningdek foiz stavkalarining va valyutalarni ayirboshlash kursining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot ular o‘zgargan kuni e’lon qilinadi.

67-modda. Omonatchilarning huquqlari

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bank omonatchilari bo‘lishi mumkin.

Omonatchilar o‘ziga tegishli pul mablag‘larini omonatlarga joylashtirish uchun bankni tanlashda erkindir va bir yoki bir nechta bankda omonatlarga ega bo‘lishi mumkin.

68-modda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish

Banklar mijozlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartib-taomilini o‘z ichiga olgan tartibga ega bo‘lishi shart. Mijozlarning murojaatlari bankka kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan kechiktirmay, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi va yozma yoki elektron shaklda javob berilishi kerak.

Mijozlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalariga oid hujjatlar kamida uch yil saqlanishi kerak.

69-modda. Monopoliyaga qarshi qoidalar

Banklarga moliyaviy operatsiyalar bozorini monopollashtirish va bank sohasida raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlarga erishish uchun o‘z uyushmalaridan va boshqa birlashmalaridan foydalanish taqiqlanadi.

Banklarning monopoliyaga qarshi qoidalarga rioya etishi Markaziy bank tomonidan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq monopoliyaga qarshi organ tomonidan nazorat qilinadi.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari, shu jumladan nizolarni sudgacha hal qilish usullari va imkoniyatlari bo'yicha Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirishni rivojlantirish bo'limiga (+99871) 231-60-67 telefon raqami orqali murojaat qiling.

Murojaatlarni ko’rib chiqish bo’yicha filiallar reyting.

 

Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X