Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 5659
  • Yangilash: 12 August 2024, 14:45

Loyihalarni moliyalashtirish

Loyihaviy moliyalashtirish - zamonaviy texnika-texnologiyalarni modernizatsiya qilish va qayta yangilash, xalq istemoli uchun yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek respublikaning eksport salohiyatini oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatiga xizmat korsatish maqsadida Respublikaga jalb qilinadigan texnologiyalarga yonaltiriladigan yirik investitsiya loyihalari va dasturlarni moliyalashtirish.

“ASIA ALLIANCE BANK” ATB investitsiya loyihalarini moliyalashtirilishi - muddatlilik, maqsadlilik, ta’minlanganlik, to’lovlilik va qaytarishlik tamoyillariga muvofiq shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Investitsiya kreditlarini berish shartlari:

  • Kredit miqdori - kredit ajratilayotgan tadbirning ehtiyojidan kelib chiqqan holda;

  • Kredit muddati - loyihaning o’zini-o’zi qoplash muddatidan kelib chiqqan holda;

  • Foiz stavkasi - xavf-xatarlilik darajasi, moliyalashtirish manbalari va loyihaning amalga oshirilishiga bog’liq bo’lgan boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • Loyihada qarz oluvchining o’z mablag‘lari bilan bo’lgan ishtiroki - loyiha qiymatining 25 foizidan kam bo‘lmagan holda;

  • Taminot - umumiy kredit miqdorining 125 foizidan kam bo‘lmagan bank talablarini qondiruvchi (ko‘chmas mulk, asbob - uskunlar, transport vositalari, pul mablag‘lari va boshqalar) garov ta’minoti. Agar kredit garov ta’minoti pul mablag‘lari bilan ta’minlangan bo‘lsa, umumiy kredit miqdorining 110 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda qabul qilinadi.

Qarz oluvchi kredit olish uchun xizmat ko’rsatuvchi tijorat bankiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • Ariza;

  • Qarz oluvchining ta’sis hujjatlari;

  • Qarzdor nomidan kredit shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;

  • Qarz oluvchining bank hisobvarag’iga pul tushimlari (pul oqimi) prognozi ko’rsatilgan biznes-reja;

  • Qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl) va moliyaviy natijalar tog’risida hisobot (2-son shakl);

  • To’qson kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari.

Ushbu hujjatlar royxati kredit xizmatlarini amalga oshirish uchun yetarli bolmagan holda bank hodimlari tomonidan qoshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Kafillik shartnomasi
Hajmi: 35.55 КБ
Format: docx

Kredit shartnomasi (kredit liniyasi ochmasdan)
Hajmi: 39.50 КБ
Format: docx


Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X