Размер:
A A A
Цвет: C C
Изображения Вкл. Выкл.
Обычная версия сайта
  • 4149
  • Yangilash: 28 May 2024, 13:57

Bank aksiyalari

Aksiya — o'z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog'oz.

Bank oddiy aksiya egalari, aksiyadorlar:

  • tegishli jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilish;
  • depo hisobvarag'idan o'ziga taalluqli ko'chirma olish;
  • jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;
  • jamiyat tugatilgan taqdirda o'zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;
  • aksiyadorlarning umumiy yig'ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;
  • jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyati natijalari to'g'risida to'liq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;
  • olgan dividendini erkin tasarruf etish;
  • qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o'z huquqlarini himoya qilish;
  • o'ziga yetkazilgan zararning o'rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
  • o'z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;
  • qimmatli qog'ozlarni olishda zarar ko'rish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bog'liq tavakkalchiliklarni sug'urta qilish;
  • ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tomonidan sotilayotgan aksiyalarni uchinchi shaxsga taklif etilayotgan narx bo'yicha va shartlar asosida, aksiyadorlarning har biriga tegishli aksiyalarning soniga mutanosib ravishda olish huquqiga ega.
Asosiy Biz xaritada
Biz bilan bog’lanish
Izlash
Menyu
Aloqa markazi
(+998 71) 231-60-00

Ish tartibi: 24/7
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish
(+998 71) 231-60-67
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Ishonch telefoni
(+99871) 231-60-76
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Elektron pochta
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X